Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan O‘zbekiston – Qozog‘iston chegarasidagi “G‘ishtko‘prik” chegara postida qonun buzilishi holati aniqlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Andijon viloyatida yashovchi fuqaro M.N. Checheniston Respublikasidan 22 dona 4 turdagi qirg‘ovul va 5 dona Hindiston oq tovusini chegara bojxona postidan olib o‘tayotgan vaqtida to‘xtatilgan.
Tekshiruv davomida tegishli hujjatlar mavjud emasligi maʼlum bo‘ldi. Shuningdek, veterinar xulosasida qushlar nomi va soni noto‘g‘ri ko‘rsatilgan.
Qushlar holatga aniqlik kiritilgunga qadar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.
Izoh (0)