Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2026 3-saralash bosqichi doirasida Qirg‘izistonga qarshi bahs olib boradi.
Mazkur uchrashuvda kuvaytlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam Ahmad al-Ali, unga qanotlarda hamyurtlari Abdulhadi al-Anezi va Ahmad Abbos yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida esa Ammar Ashkanoni ishlaydi.
Shuningdek, Abdulloh Jamoli (Kuvayt) VAR hakami sifatida faoliyat yuritadi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv ertaga, 10-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da Bishkek shahridagi “Dolen Omurzakov” stadionida start oladi.
Srechko Katanes shogirdlari 1-turda Shimoliy Koreya terma jamoasi ustidan kichik hisobda g‘alaba qozongandi.
Izoh (0)