Braziliyalik futbolchi Neymarning jarohatidan tiklanishi cho‘zilmoqda.

“Al-Hilol” forvardining maydonga qaytishi uchun yana 2 oy kerak bo‘ladi. Neymar noyabr oyida qaytishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda AS nashri.
Avvalroq, “Al-Hilol” bosh murabbiyi Jorje Jezush futbolchining sentyabr yoki oktyabrda jarohatidan tuzalishini aytib o‘tgandi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2023-yilning oktyabr oyida JCH—2026 saralashidan o‘rin olgan Braziliya va Urugvay o‘rtasidagi bahsda tizzasidan jarohat olgandi.
Izoh (0)