2024-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston respublikasida uy xo‘jaliklari tomonidan uy-joylarni taʼmirlash bo‘yicha 2 trln so‘mlik ishlar bajarilgan. Bu haqida Statistika agentligi xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning yanvar-iyul oyiga nisbatan 93,5% ni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkichning barcha turdagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2,1% ni tashkil etgan.
Avvalroq Statistika agentligi 2024-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 26 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgani haqida xabar bergandi.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 28,7% ga o‘sgan.
Yirik korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining barcha turdagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 27,6% ni tashkil etgan.
Izoh (0)