Toshkent viloyatida g‘isht zavodi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi, deb xabar bermoqda Prokuratura departamenti axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning O‘rta Chirchiq tuman bo‘limi, “O‘zenergoinspeksiya”ning Toshkent viloyati boshqarmasi va tuman ETK xodimlari hamkorligida “S.B.” MCHJga qarashli g‘isht ishlab chiqarish zavodida o‘tkazilgan o‘rganishda aniqlangan.
MCHJ rahbari X.R. tijorat maqsadida elektr hisoblagichdan tashqari umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, jami 132,9 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
- Avvalroq Sirdaryoda 491 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi rahbari ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
- Shuningdek, Buxoroda 433,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlangan,
- Qoraqalpog‘istonda 180 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanganlar ushlangan edi.
Izoh (0)