Amerikalik aktyor Tom Henksning Los Anjelesdagi uyini kunduz kuni o‘g‘rilar tunab ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
O‘g‘rilar uyga deraza oynalarini sindirish orqali kirgan. Xavfsizlik signali chalingan bo‘lsa-da, bu ularni to‘xtatmadi: bosqinchilar uyning mehmonxona qismiga kirgan va u yerdagi barcha qimmatbaho narsalarni olib ketishgan. Ammo ular Henks va uning rafiqasi xonasiga yetib bormagan.
Aynan qanday buyumlar g‘oyib bo‘lgani va aktyor qancha miqdorda zarar ko‘rgani hozircha noma’lum. Tom va uning rafiqasi Rita Uilson xonadondagi barcha narsalarni tekshirib ko‘rishga ulgurmagan.
Politsiya hozircha hech kimni hibsga olgani yo‘q, biroq tergov ishlari davom etmoqda. Huquq-tartibot xodimlari taxmin qilishicha, bu ishda hudud atrofida faoliyat yuritayotgan mahalliy jinoiy guruhlarning qo‘li bor.
Hodisa ro‘y bergan vaqtda uy egalari shahar tashqarisida bo‘lgan, shu sababli ular o‘g‘rilarning nishoni bo‘lmagan.
Tom Henksning Los Anjelesda joylashgan xonadonni 2010-yilda 26 million dollarga sotib olgan. 1996-yilda qurilgan va umumiy maydoni 1300 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan uy nufuzli Pacific Palisades hududida joylashgan.
Izoh (0)