Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani, “Joziba” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4N 1591 avtomobil yo‘lida 6-avgust kuni soat 12:40 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2000-yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti avtomobilida harakatlanayotib, Qumqo‘rg‘on—Elbayon temiryo‘l bekati oralig‘idagi temiryo‘l kesishmasida o‘rnatilgan ogohlantiruvchi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmay, harakatni davom ettirgan vaqtida shu yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan Sarioiyo—Termiz yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashgan.
Natijada haydovchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB tergov guruhi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)