• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    “Agar yura olmasam, emaklayman. Ammo taslim bo‘lmayman!”. Selin Dion boshidan kechirayotgan azobli kunlar haqida hujjatli film namoyish etildi

    Shu kunlarda “Men Selin Dionman” hujjatli filmi Prime Video striming platformasida namoyish etildi. Bu xonandaning orzulari, oilasi va karyerasidagi ko‘tarilishlaridan tortib, bugungi azobli kunlari haqidagi hikoyadir.

    Selin Dion — pop musiqaning oltin ovozi, balladalar malikasi. U o‘smirlik davridayoq mashhur bo‘lgan. Uning karyerasi 80-yillarda boshlangan va 2020-yillarning boshlarigacha davom etgan. Selin Dion stadionlarni to‘ldirib qo‘shiq kuyladi, millionlab pul topdi, baxtli turmush qurdi va uch nafar farzandni dunyoga keltirdi. Keyinchalik unga kamdan kam uchraydigan va hozirgacha davosi yo‘q kasallik — mushaklar qotib qolishi sindromi tashxisi qo‘yildi, shuning uchun u endi kuylay olmaydi, bu haqda qo‘shiqchi 2022-yilda muxlislariga aytgan. Deyarli 40 yillik olamshumul karyerasidan keyin nafaqaga chiqish unchalik yomon emasdek tuyuladi. Ammo bu majburiy kasallik ta’tili Selin Dionni halokatli darajada baxtsiz qildi.

    Ovoz bilan bog‘liq kutilmagan muammolar

    Selin Dionga juda kam uchraydigan kasallik — mushaklar qattiqligi sindromi tashxisi qo‘yilgan. U milliontadan bir yoki ikki kishida uchraydi, shuning uchun kam o‘rganilgan. Uning rivojlanishiga stress yoki baland tovushlar, sezgirlikning oshishi sabab bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilinadi va tabiiyki, taniqli qo‘shiqchi hayotida bularning barchasi ko‘p bo‘lgan. Sindrom mushaklar qotib qolishi va og‘riqli spazmlar ko‘rinishida o‘zini namoyon qiladi. Bugungi kunda uni davolab bo‘lmaydi, faqat simptomlarni yo‘qotish mumkin. Selin Dion kasallikning dastlabki belgilariga 17 yil oldin duch kelgan.

    “Bir kuni ertalab nonushta qildim. Odatdagidek ovqatlanganimdan keyin ovozim balandlashdi. Bu meni biroz qo‘rqitdi, chunki konsertdan bir kun oldin bor ovozdan foydalanilsa, aksincha ovoz biroz pastroq bo‘lishi kerak edi”.

    Vokal spazmlar tez-tez yuzaga kelib, mushak spazmlari ularga qo‘shila boshladi. Avvaliga Selin bunga dosh berishga harakat qildi — agar u sahnada o‘zini yomon his qilsa, mikrofonni tomoshabinlarga qaratib, ularni kuylatishi kerak edi. Ammo o‘tgan yildan boshlab ahvoli yomonlashadi, ba’zida hatto yura olmay qoladi.

    2022-yil dekabr oyida Selin barcha konsertlarini bekor qildi va muxlislari uchun sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilishdan boshqa iloji yo‘qligini aytgan video e’lon qildi.

    Mevasiz qolgan olma daraxti

    Ammo u sahnada bo‘lishni, qo‘shiq aytishni va jamoatchilik bilan muloqot qilishni sog‘inadi. 

    “Ushbu sindrom paydo bo‘lishidan oldin ovozim hayotdagi yo‘lboshchim edi. Men unga ergashdim, chunki bu menga quvonch baxsh etdi. O‘z ovozingiz sizga yoqsa, ichingizdagi eng yaxshi tomonlaringiz ochiladi”, deydi Selin.

    Hujjatli filmda Dion nafaqat uning ovoziga nima bo‘layotganini tushuntiradi, balki uni ko‘rsatadi ham — u qo‘shiq aytishga harakat qiladi. Bir paytlar jarangdor bo‘lgan ovozi titraydi va buziladi, qo‘shiqchi yig‘laydi va buni eshitish, ko‘rsatish unga og‘riqli ekanini aytadi.

    Selin Dion filmda nafaqat kasalligi haqida, balki sahna liboslari, poyabzallarga bo‘lgan muhabbati, musiqachilari va yordamchi-vokalchilarini qanday qadrlashi haqida gapiradi. U oilasi haqida shunday deydi:

    “Farzandlarim kichikligidagi barcha narsalarni esdalik sifatida olib qo‘yganman: ularning birinchi o‘yinchoqlari, kiyimlari, tebranma oti. Arzimas narsalargacha hammasini eslayman, ular men uchun qadrli”.

    Xonanda o‘zining katta oiladagi bolaligini ham eslab o‘tadi — oilada undan tashqari yana 13 farzand bo‘lgan, u saratondan vafot etgan turmush o‘rtog‘i Rene Anjelil haqida ham gapiradi. Ammo yana uning hayotini oldin va keyinga bo‘lgan kasallik — mushak qotib qolishi sindromiga qaytdi.

    Selin filmda juda chiroyli badiiy metafora ishlatgan: 

    “Men olma daraxtiga o‘xshayman — odamlar mendan olma olish uchun navbatda turishadi. Men ularga eng yaxshilarini beraman. Hamma tabassum va to‘la savatlar bilan mamnun holda ketadi. Ammo keyinchalik shoxlarim sinib, quriy boshlaydi. Olmalarim kamayib bormoqda, lekin navbatda hali ko‘p odamlar bor. Ularga berish uchun hech narsam bo‘lmagandan keyin odamlarni kutishga majbur qilishni xohlamayman”.

    Sizni baxtli qilgan narsa o‘ldiradi

    Selin Dion mashaqqatli mehnatga begona emas — u har kuni shaxsiy sport terapevti bilan ishlaydi, soatlab bir nechta dori-darmonlarni qabul qiladi va qayta tiklanish uchun kurashadi. Yagona muammo shundaki, o‘ziga juda yoqqan ishi uning ahvolini yomonlashtiradi.

    Odamlar kam uchraydigan kasalliklar haqida ko‘p narsa bilmaydi; hatto shifokorlar ham ularni har doim aniqlay olmaydi. Olimlarni bu mavzu qiziqtirmaydi, qiziqtirganda ham ularga tegishli mablag‘ ajratilmaydi. Selin Dion qattiq mushak sindromi bo‘yicha tadqiqotlarga sarmoya kiritmoqda, ammo uning qiziqishi va yaxshi tushunilmagan kasallikni yengish uchun vositalari kam. O‘zi va ushbu kasallikdan azob chekayotgan boshqa odamlar uchun xonanda og‘riqli hayotini ekranda ko‘rsatishga ruxsat berdi. Tushunarsiz tibbiy atamani eshitish bir narsa, kasallik tufayli umrbod mehnatidan ayrilgan tirik odamning azobini ko‘rish boshqa narsa.

    Selin Dionning butun hayoti hikoya qilingan mazkur filmdan ko‘z uzib bo‘lmaydi. Tomoshabin oldida superyulduz emas, balki tirik odam paydo bo‘ladi — azob chekayotgan, hayotga chanqoq, zaif va ayni paytda kuchli. Selin juda ko‘p yig‘laydi va tashxis haqidagi his-tuyg‘ularini yashirishga harakat qilmaydi. Ammo shu bilan birga, u buni qabul qilishdan bosh tortadi. U sog‘lig‘ini va qo‘shiq aytish qobiliyatini tiklash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqchi: 

    “Menda doim zaxira rejalar bo‘lgan. Men shunaqaman. Agar yugura olmasam, yuraman; yura olmasam, emaklayman. Lekin taslim bo‘lmayman. Men taslim bo‘lmayman!”, deydi film so‘ngida Selin.
    29.07.2024, 12:40   Izoh (0)   15606
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    G‘ayrioddiy monarxiya: Yaponiya imperatorlik oilasi amal qilishi shart bo‘lgan 6 ta noodatiy qoida 

    26.07.2024, 13:40

    Ovoz ber, aks holda yutqazasan: siyosatdagi ayollar haqidagi 10 ta film va serial

    27.07.2024, 16:46

    Jennifer Lopes 55 yoshda. Mashhur xonanda yillar davomida qanchalik o‘zgargan va uning go‘zalligi siri nimada?

    27.07.2024, 18:54

    Baxtning erta-kechi bo‘lmaydi: 40 yoshdan keyin turmushga chiqqan Gollivud go‘zallari 

    29.07.2024, 11:51

    “Yil to‘yi” davom etadi: hindistonlik eng badavlat oila Buyuk Britaniyada 73 million dollarlik ziyofat beradi

    29.07.2024, 10:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.