Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar o‘rtasida janjal aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, holat kecha, 2-iyul kuni Ohangaron tumani “Yangihayot” mahallasi “Veterok” dala hovlilari hududida sodir bo‘lgan.
Fuqaro 1968-yilda tug‘ilgan S.R. ko‘chaga chiqindi tashlagan vaqtida qo‘shnisi 1996-yilda tug‘ilgan I.N. bunga eʼtiroz bildirgan va oralarida janjal kelib chiqqan.
Bu vaqtda videotasvirda ko‘ringan ayollar ularni ajratish uchun o‘rtaga tushgan. Fuqarolar keyinchalik o‘zaro yarashib olishgan va voqea yuzasidan IIBga murojaat qilmagan.
Hozirda Ohangaron tumani IIB tomonidan holat nazoratga olinib, qo‘shimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)