Bosh prokuratura korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimni nopok xodimlardan tozalash ishlari doirasida ikki xodimga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori E.A. hamda Uchtepa tuman prokuraturasi tergovchisi A.D.larning jinoiy qilmishlari fosh etilib, ularga nisbatan 6-may kuni Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 28, 211 (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Tergovga aralashish va to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi”, — deyiladi xabarda.
Fevral oxirlarida DXXprokuratura, sud, Milliy gvardiya va advokatura xodimlarini jinoyat ustida qo‘lga olgani, 2022-yil yanvarda Farg‘onada prokuror 1 000 dollar pora bilan qo‘lga tushgani, 2021-yilda esa Andijon prokuraturasi xodimi 15 ming dollar pora bilan ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)