Tojikiston va Afg‘oniston chegarasida noma’lum dron parvozi qayd etildi, bu shu paytgacha kuzatilgan birinchi holat emas. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar berdi.
Dron Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Taxor viloyati markazi Talukan shahri va Tojikiston bilan chegaradosh aholi punktlarida patrullik qilmoqda. Biroq hozircha u Afg‘oniston havo hududiga qaysi davlatdan kirgani noma’lum.
Avvalroq “Tolibon” armiyasi bosh shtabi rahbari Fasihuddin Fitrat Amerika dronlari vaqti-vaqti bilan mamlakat havo hududida patrullik qilishini da’vo qilgandi. Bundan tashqari, “Tolibon” mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Yoqub ham AQSH dronlari Pokiston orqali Afg‘oniston havo hududini buzayotganini aytgan. Biroq bunday ma’lumot Islomobod rasmiylari tomonidan rad etildi.
Izoh (0)