2024-yil iyun oyida “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi delegatsiyasining London shahriga tashrifi doirasida “Chartered Insurance Institute” rahbariyati bilan ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni yanada oshirishni taʼminlash bo‘yicha memorandum imzolangan edi.
Mazkur memorandum yurtimiz sug‘urta sohasidagi mutaxassislar uchun xalqaro darajadagi taʼlim, malaka, shuningdek, ularning kasbiy malakalarini oshirishda ijobiy samara berishi kutilmoqda.
“Chartered Insurance Institute” 1912-yilda tashkil etilgan bo‘lib, sug‘urta sohasidagi global taʼlim muassasasi hisoblanadi, tashkilotning sertifikatlari butun dunyoda tan olingan.
Kelishuvga ko‘ra, Chartered Insurance Institute’ning akreditatsiyadan o‘tgan markazi (APDC) poytaxtimizdagi universitetlardan birida tashkil etiladi. Umuman olganda, dunyoning ko‘p shaharlarida tashkil etilgan bunday markazlar CII akkreditatsiyasidan o‘tgan instruktorlarni, shuningdek, Qirol Charlz III homiyligida yaratilgan o‘quv materiallarini taqdim etadi.
Chartered Insurance Institute quyi darajadagi sertifikat egasidan tortib, to ilg‘or kasbiy unvonga ega mutaxassislarni tayyorlaydi. Institut tomonidan eng yuqori daraja uchun beriladigan sertifikat xalqaro miqyosda tan olinib, sug‘urta sohasidagi bilim va professionallikning eng yuqori nufuzini anglatadi.
CII ko‘magida tashkil etiladigan kasbiy rivojlanish markazini tashkil qilish, O‘zbekistonda eng yuqori taʼlim standartlariga muvofiq sug‘urta kadrlarini kasbiy rivojlantirish va qayta tayyorlash hamda tegishli xalqaro sertifikatlarni olish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.
Taʼlimning dastlabki dasturlari va kurslari 2024-yilning IV choragida o‘z faoliyatini boshlashi kutilmoqda.
Call-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160.
Sayt: insurance.uz
Facebook: uzbekinvest
Instagram: uzbekinvest
Telegram: uzbekinvest
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)