• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda kripto-aktivlar sohasidagi jinoyatlarni aniqlaydigan zamonaviy texnologiyalar joriy etiladi

    O‘zbekistonda “Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

    Foto: iStock

    Ushbu qaror axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, shuningdek, ularni aniqlash va tergov qilish uslublarini takomillashtirishga qaratilgan raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish maqsadida qabul qilindi.

    Mazkur qaror bilan Huquqni muhofaza qilish akademiyasi negizida Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilib, mazkur institut raqamli kriminalistika sohasida innovatsion tadqiqot va ishlanmalar markaziga aylanishi nazarda tutilgan.

    Qarorning asosiy jihatlari:

    • institutga raqamli kriminalistika sohasida sud-tibbiy ekspertiza va tadqiqotlar o‘tkazish vakolatini berish;
    • kiberjinoyatlarni tergov qilish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish. Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati samaradorligini oshirishda “katta hajmli ma’lumotlar” (Big Data) tahlili, sun’iy intellekt va boshqa ilg‘or texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratish;
    • huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyatlarning raqamli izlarini aniqlash, olib qo‘yish, saqlash va tadqiq etishda amaliy yordam ko‘rsatish;
    • raqamli kriminalistika bo‘yicha sud ekspertizalarini o‘tkazish usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
    • kripto-aktivlar va blokcheyn texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarni aniqlash va tergov qilish usullarini ishlab chiqish;
    • raqamli kriminalistika sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
    • kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlikni kengaytirish.

    Qarorda “Raqamli dalillarning yagona reyestri” — idoralararo avtomatlashtirilgan tizimni yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.

    Reyestr raqamli dalillarni, jumladan fotosuratlar, video va audio yozuvlar, elektron hamyonlar haqidagi ma’lumotlar, kripto-aktivlar manzillari, IP-manzillar va jinoyatlarning boshqa raqamli izlarini to‘plash, qayd etish, saqlash va tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. Reyestrning joriy etilishi kiberjinoyatlarni tergov qilish samaradorligini oshiradi va raqamli dalillarning ishonchli saqlanishini ta’minlaydi.

    Mazkur qarorning o‘ziga xosligi uning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarni, shu jumladan kripto-aktivlar va blokcheyn texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni aniqlash va tergov qilish jarayonlarini modernizatsiya qilishga kompleks yondashuvidadir.

    Qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini ta’minlashga, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish sohasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati samaradorligini oshirishga, shuningdek raqamli makonda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qo‘shimcha kafolatlarini yaratishga qaratilgan.

    Huquqni muhofaza qilish akademiyasi negizidagi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutining tashkil etilishini turli mamlakatlarning soha ekspertlari yuqori baholadi.

    “Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi va ularning noqonuniy maqsadlarda ishlatilishi sharoitida, ushbu institut kiberjinoyatchilikka qarshi kurashning innovatsion usullarini ishlab chiqish va joriy etishda muhim o‘rin tutadi. Sizning tadqiqot va ishlanmalaringiz nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro miqyosda ham raqamli kriminalistikaning rivojlanishiga muhim hissa qo‘shadi”, — deydi Rossiya Tergov qo‘mitasi Kriminalistika bosh boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Ivan Aleksandrovich Strelsov.
    “O‘zbekiston Respublikasining raqamli kriminalistikani rivojlantirishga qaratilgan strategik e’tibori yuqori bahoga loyiq. Ushbu sohadagi ixtisoslashtirilgan institutning tashkil etilishi raqamli davrda milliy xavfsizlikni ta’minlashga kompleks yondashuvdan dalolat beradi. Ishonchim komilki, institutning ilmiy tadqiqotlari va amaliy ishlanmalari natijalari iqtisodiyot, ishlab chiqarish va jamiyat hayotining boshqa asosiy sohalarini kibertahdidlardan himoya qilish uchun ishonchli asos bo‘lib xizmat qiladi”, — deb ta’kidladi Belarus Tergov qo‘mitasi malaka oshirish instituti direktori Yuriy Kameneskiy.
    “Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutining tashkil etilishi zamonaviy davr talablariga o‘z vaqtida berilgan javobdir. Global raqamlashtirish va kiberjinoyatchilik o‘sishi sharoitida keng ko‘lamli qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish birinchi darajali ahamiyat kasb etmoqda. Turkiya Adliya akademiyasi raqamli kriminalistika sohasida ilmiy tadqiqotlar va tajriba almashish bo‘yicha faol hamkorlikka tayyor ekanligini bildiradi”, — dedi Turkiya Adliya akademiyasi prezidenti Muxitdin O‘zdemir.
    26.06.2024, 19:10   Izoh (0)   5840
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi

    29.01.2023, 08:52

    O‘zbekiston 2022-yilda kripto sektoridan budjetga 300 ming dollardan ortiq mablag‘ yig‘di

    06.02.2023, 12:16

    Kripto-aktivlar provayderlariga litsenziya berish Istiqbolli loyihalar agentligiga o‘tkazilishi mumkin

    24.05.2023, 08:02

    O‘zbekistonda kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi

    20.01.2024, 11:45

    O‘zbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida provayderlik faoliyatini amalga oshirish uchun 9 ta litsenziya berildi

    07.02.2024, 11:45

    Navoiyda 110 mln so‘mga noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi 

    26.06.2024, 18:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.