Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida 24 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qiziltepa tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. G.I. fuqaro Q.D.ning ishonchiga kirib, unga Karmana tumani “Kumushkon” MFY hududidagi 24 sotix zaxiradagi yer maydonini 110 million so‘m evaziga uning nomiga rasmiylashtirib olib berishini aytib, shundan 45 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)