Tayvanda yo‘lovchi poyezdi qisman relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida yetti kishi jarohat oldi. Bu haqda Tayvan markaziy axborot agentligi ma’lum qilgan.
Unga ko‘ra, hodisa Xualyan okrugidagi Tsinshuy tunnelida sodir bo‘lgan. Poyezdda 500 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga katta tosh bo‘laklarining temir yo‘l relslariga tiqilib qolishi sabab bo‘lgan. Haydovchi katta tezlikda tormozni keskin bosgan va buning oqibatida vagonlar relsdan chiqib ketgan.
Halok bo‘lganlar va jabrlanganlar bor yoki yo‘qligi haqida xabar berilmagan. Yo‘lovchilar muvaffaqiyatli evakuatsiya qilingan.
Izoh (0)