G‘azo sektoridagi nishonni o‘qqa tutayotgan Isroil mudofaa kuchlari tanklaridan biri tasodifan Isroil hududiga o‘q uzdi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Bugun erta tongda tank G‘azo sektoridagi nishonga snaryad otdi, biroq nosozlik tufayli snaryad o‘z yo‘nalishidan chetga chiqib, chegara to‘sig‘i yaqinida Isroil hududiga qulagan”, — deyiladi xabarda.
Harbiylarning ma’lum qilishicha, Hof Ashkelon mintaqaviy kengashi hududida turgan avtomobil shikastlangan, unga snaryad parchalari kelib urilgan.
“Hodisa oqibatida qurbon bo‘lganlar yo‘q, voqea sabablari o‘rganilmoqda”, — deya qo‘shimcha qilindi Isroil armiyasi xabarida.
Izoh (0)