Toshkent shahar Shayxontohur tumani Ibn Sino ko‘chasi “Quvvat” kafesi qarshisida 19-iyun kuni soat 16:30 larda Matiz yo‘l o‘rtasidagi beton ustun bilan to‘qnashdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/06/19/2024-06-19 21.06.09-eZml7hLl.jpg)
Maʼlum qilinishicha, 2005-yilda tug‘ilgan R.J. avtomashinasini boshqarib kelayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan.
Hodisa oqibatida haydovchi tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilgan.
Izoh (0)