G‘azodagi 25 mingga yaqin yarador va kasallar eksklavdan tashqarida davolanishga muhtoj. Bu haqda G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida aytiladi.
![](/static/2024/06/06/photo_2024-06-06_23-30-15-VthCPzHh.jpg)
Hisobotda qayd etilishicha, 2023-yil 7-oktyabrdan beri faqatgina 4895 kishi Falastin anklavidan davolanish uchun mintaqadan tashqariga chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi, shuningdek, Isroil armiyasi Rafah shahriga quruqlikdan hujum uyushtirib, xuddi shu nomdagi nazorat-o‘tkazish punktini o‘z nazoratiga olganidan so‘ng birorta ham bemor yoki yarador G‘azo sektorini tark eta olmaganini ta’kidlagan.
Bemor va yaradorlar davolanish uchun G‘azoni tark eta olmayotgani uchun minglab odamlarning hayoti xavf ostida, — deyiladi hisobotda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Falastin anklavidagi tibbiyot muassasalari Isroil armiyasining hujumlari nishonida ekanini qo‘shimcha qilgan.
Isroil G‘azodagi shifoxonalarga ataylab hujumlar uyushtirgani va ularni ishdan chiqarganidan so‘ng, bu kasal va yaradorlarning ahvoli yomonlashmoqda, — deydi vazirlik.