Rossiyalik tadbirkor Roman Shpigel UFC jangchisi Charlz Oliveyra lagerida bo‘lish uchun 95 ming dollar to‘lagan.
Shpigel “Al-Hilol” futbolchisi Neymar tomonidan uyushtirilgan xayriya fondidagi kimoshdi savdosida g‘olib chiqqan.
Shu tariqa tadbirkor UFC sobiq chempionining mashg‘ulotlarini kuzatish, shuningdek, Oliveyraning keyingi jangiga borish huquqini qo‘lga kiritdi. Shpigel vazn o‘lchash marosimi va nigohlar to‘qnashuvida Charlz jamoasi tarkibida bo‘ladi.
Charlz Oliveyra (34-10) so‘nggi marta aprel oyida oktagonga ko‘tarilgan edi. UFC 300 turniridan o‘rin olgan jangda braziliyalik sportchi Arman Sarukyanga mag‘lub bo‘lgandi.
Izoh (0)