Davlat va xususiy sektorida yarim million nafardan ortiq pensioner ishlamoqda. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda rasman ishlayotgan pensionerlar soni 579 305 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 234 044 nafari erkaklar (40,4 foiz), 345 261 nafari ayollar (59,6 foiz).
“Davlat tashkilotlarida 250 247 nafar (43,2 foiz), xususiy sektorda 329 058 nafar (56,8 foiz) pensioner faoliyat yuritmoqda”, —deyiladi vazirlik axborotida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar–mart oylarida respublika bo‘yicha 70 384 nafar fuqaroga yangi pensiyalar tayinlangan. 2023-yil davomida Pensiya jamg‘armasi tomonidan jami 292 ming nafar fuqaro pensiya ola boshlagan.
Hozir mamlakatda jami pensiya oluvchilar soni qariyb 4 million nafarni tashkil etadi.
Izoh (0)