Toshkent viloyatida hojatxonaga tushib ketgan ikki yoshli bola qutqarib qolindi, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Qayd etilishicha, 13-may kuni soat 16:58 da Zangiota tumani “Harakat” mahallasida joylashgan uylarning birida, ushbu uy egasining ikki yoshli farzandi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolgani sababli hovlisidagi hojatxonaga tushib ketgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borgan va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida taxminan 5 metrlik hojatxona chuquridan bolani sog‘-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qolgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil aprel oxirlarida Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida 27-aprel kuni 3 kishi hojatxonada zaharlanib vafot etgandi. Uy egasi telefoni chuqurga tushib ketgani sababli otasi va ukasini yordamga chaqirgan. Ular hojatxonaga tushgan vaqtda noma’lum etiologiyalik zaharlanishdan vafot etgan.
Izoh (0)