Saudiya Arabistoni chempionatining 31-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Al-Hilol” 11-may, shanba kuni “Al-Hazem”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuv “Al-Hilol”ning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Mezbonlar safida Al-Juvayd va Milinkovich-Savich bittadan gol urgan bo‘lsa, Aleksandar Mitrovich dubl muallifiga aylandi.
Shu tariqa “Al-Hilol” ochkolari sonini 89 taga yetkazib, muddatidan oldin Saudiya Professional Ligasi chempioniga aylandi. Undan keyingi o‘rindagi “An-Nassr” hisobida 77 ochko mavjud.
“Al-Hilol” o‘z tarixida 19-marta chempionlikni nishonladi.
Eslatib o‘tamiz, klub tarkibida Malkom, Sergey Milinkovich-Savich, Aleksandar Mitrovich, Ruben Nevesh, Kalidu Kulibali, Yassin Bunu va Neymar kabi yulduzlar to‘p suradi. Neymar chempionatda 3 ta o‘yin o‘tkazgan, shundan so‘ng jarohati sababli mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yubordi.
Izoh (0)