Hisor davlat qo‘riqxonasi hududida o‘rnatilgan fotoqopqonga qor qoplonlari guruhi muhrlandi, deb xabar bermoqda Ekologiya vazirligi.
Ma’lum qilinishicha, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Hisor davlat qo‘riqxonasi hududida o‘rnatilgan fotoqopqonga qor qoplonlari guruhi muhrlandi.
12 ta davlat hududida uchraydigan, soni atigi 4-6 mingta bo‘lgan qor qoplonlari O‘zbekiston Qizil kitobiga va Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN) Qizil ro‘yxatiga kiritilgan. O‘zbekistonda qor qoplonlari soni barqaror bo‘lib, 50-52 tani tashkil qiladi.
Izoh (0)