Buxoroda Zarafshon daryosidagi ko‘prik qulashi natijasida yuk mashinasi daryoga tushib ketdi. Bu haqda Jondor tuman hokimligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Jondor tumani Zarafshon daryosidagi ko‘prik qulashi natijasida yuk mashinasi daryoga tushib ketgan. Hodisa natijasida qurbonlar yo‘q.
Jondor tuman hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh mazkur holat bo‘yicha o‘rganishlarni olib bormoqda. Ishchi guruhning yakuniy natijasi bo‘yicha batafsil ma’lumot berilishi aytildi.
18-mart kuni Buxoro viloyatining Kogon tumanida avtobus va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgani, ag‘darilgan avtobus ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)