• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Mashhur filmlardagi murakkab grim va og‘ir kiyimlardan aziyat chekkan aktyorlar (foto)

    Professional grim va pardoz ustalari filmlarda mo‘jizalar yaratib kelgan. Murakkab grim va protezlarda ishlash va rol ijro etish esa aktyorlar uchun doim ham oson bo’lmagan. Quyida mashhur filmlarda unutilmas obrazlarni gavdalantirishda grim tufayli jiddiy qiyinchilikka duch kelgan aktyorlarni ko‘rib chiqamiz.

    “Garri Potter va maxfiy hujra” — Emma Uotson

    Foto: Dzen

    Garri, Ron va Germiona Slizerindagi dushmanlar nayrangini fosh etish maqsadida qiyofani o‘zgartiruvchi sehrli ichimlik tayyorlaydi. Garri va Ron Goyl va Kreb qiyofasiga kiradi. Germiona esa o‘qituvchi Minevra MakGonagall o‘rniga uning mushugi qiyofasini oladi. Tasodifan qo‘l urgan xatosi tufayli u do‘stlari bilan birga dushman fakultetga bora olmaydi.

    Dastlab Emma Uotsonning o‘zi mushuk obrazida ko‘rsatilishi lozim edi, biroq grim va yelim unda kuchli allergik reaksiya qo‘zg‘atdi va qisqa muddatli rolni dublyor o‘ynashiga to‘g‘ri keldi.

    “Uzuklar hukmdori” — Brett Bitti

    Foto: Dzen

    Brett Bitti ismini eshitganda ko‘pchilik muxlislar uning “Uzuklar hukmdori”iga qanday aloqasi bor, deya hayron qoladi. Aslida esa aktyor Jon Ris-Devisning dublyori bo‘lib, filmda Devisdan ham ko‘proq vaqt rol o‘ynaydi. Brett Bitti deyarli barcha jangovar sahnalarni ijro etgan va suratga olish mobaynida juda ko‘p jarohatlar olgan. Shuningdek, Brett kuniga 12 soatdan ortiq grim va yuz protezlarida yurgani sababli turli travmalar olgan. Ulardan eng og‘iri — bosh miyaning lat yeyishi bo‘lgan. Bunday jarohat protez va yuz orasidagi bo‘shliqda qon to‘planishiga, keyin esa u yorilib, favvoradek otilishiga olib kelgan. Brettning so‘zlariga ko‘ra, reallikda barchasi bundan-da yomonroq ko‘ringan edi.

     “Dyuna” ­­— Stellan Skarsgard

    Foto: Dzen

    Stellan Skarsgard suratga olish maydonida o‘zini ayamaydigan aktyorlardandir. U “Karib dengizi qaroqchilari” filmida irlandiyalik dengizchi Bill Tyorner rolini o‘ynagan. Uning ta’sirli tashqi ko‘rinishi uchun 6 soatli grim mehnati ketgan.

    Dyuna” filmidagi baron Vladimir Xarkonnen roli uchun esa aktyor 8 soat vaqt davomida grim qilingan. Maxsus kostyumning 40 kilogramm og‘irligi aktyorga nafas olishi va harakatlanishida murakkabliklarni keltirib chiqargan. Keyinchalik kostyum ichiga ventilyatsiya tizimi o‘rnatilgan.

    Ammo muammolar hali tugamagan edi. Stellan qo‘rqinchli qora suyuqlikka sho‘ng‘igan kadrlarda kostyum tufayli cho‘kib ketishiga bir baxya qolgan. So‘ng murakkab grimga yana bir bor o‘zgartirishlar kiritilgan.

    “Uzuklar hukmdori” — Orlando Blum

    Foto: Dzen

    Britaniyalik aktyor Orlando Blum “Uzuklar hukmdori” trilogiyasidagi elf Legolas obrazida tomoshabinlar yodida qolgan. Syomka jarayonlarida aktyor yashil rangli linza taqib yurishi lozim edi, ammo linzalar ko‘zga nojo‘ya reaksiya berib, qizartirib yuborgan. Filmda muxlislar Legolas ba’zan jigarrang ko‘zlar bilan namoyon bo‘lganini sezib qolishgan. Bunday xatolik aktyor shikastlangan ko‘zlari to‘liq tiklanishga ulgurmay yana syomkaga qaytgani sababli yuz bergan.

     “Robot politsiyachi” — Robert Jon Berk

    Foto: Dzen

    Aktyor Piter Ueller “Robot politsiyachi” ning uchinchi qismida bosh rolni qayta ijro etishdan bosh tortganidan so‘ng, uning o‘rniga hamkasbidan balandroq aktyor Robert Jon Berk taklif qilingan. Muammo shunda ediki, kostyum Piter uchun maxsus ishlab chiqilgan, cho‘zilmas va bukilmas edi. Buning ustiga, og‘irligi deyarli 70 kilogramm va po‘latdan yasalgan kostyum yangi aktyorga ko‘plab noqulayliklar tug‘dirgan.

    “Betmen va Robin” — Arnold Shvarsenegger

    Foto: Dzen

    Amerikalik aktyor Arnold Shvarsenegger “Betmen va Robin” filmida janob Friz obrazini gavdalantirgan. 6 soatlik grim va noqulay kostyumdan tashqari aktyor og‘iz bo‘shlig‘ida ko‘k rangli chiroq porlashi uchun xavfli usuldan foydalanishga to‘g‘ri kelgan: Shvarsenegger og‘ziga diod fonarlar o‘rnatilgan, akkumulyatordan tomgan kislota og‘izni bir necha marta kuydirib yuborgan.

    “Garri Potter va Azkaban mahbusi” — Pem Ferris

    Foto: Dzen

    Filmda Garrining xolasi Marjori Dursl uning ota-onasini qattiq haqorat qiladi. Bunga chiday olmagan Garri unga sehr qo‘llaydi va bir necha soniyada Marjori katta sharga aylanib qoladi. Ko‘pchilik ushbu sahnani kompyuter grafikasi deb o‘ylagan bo‘lishi mumkin, ammo Pem Ferris haqiqiy shar kostyumini kiyib, rol o‘ynagan va suratga olish maydonida hushidan ketgan.

    “Grinch — Rojdestvo o‘g‘risi” — Jim Kerri

    Foto: Dzen

    Mazkur oilaviy film grim mutaxassisi emas, balki vizajist rassom tomonidan yaratilgan ajoyib obraz namunasidir. Yaponiyalik grim ustasi Kadzuxiro Tsudzi aktyor Jim Kerrini 8 soat mobaynida makiyaj qilar edi. Biroq Kerriga uzoq vaqt stulda o‘tirish yoqmas edi, hattoki aktyor suratga olish maydonini janjal bilan tark etgan paytlar ham bo‘lgan. Bunday muhitda ishlashni istamagan Kadzuxiro ham syomkadan ketib qolgan. Keyinchalik rejissyor Ron Xovard ularni qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.

    03.04.2024, 18:55   Izoh (0)   10231
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Katta budjetli filmlardagi kulgili va muvaffaqiyatsiz chiqqan grimlar (foto)

    12.08.2023, 18:15

    To‘rt soatlik grim va kam gonorar to‘langan Jim Kerri: “Oskar”ga munosib ko‘rilmagan, ammo tomoshabinlarning sevimli filmiga aylangan “Niqob” filmi haqida

    29.08.2023, 13:50

    Yelim, bo‘yoq, hatto benzin: grim tufayli tashqi ko‘rinishiga zarar yetgan sovet aktyorlari (foto)

    07.03.2024, 11:50

    “Bu juda azobli, lekin arzirli jarayon edi” — Stellan Skarsgard “Dyuna” filmida 8 soat davomida qilingan grim haqida

    12.03.2024, 18:42

    “Kung-fu panda” franshizasi ikki milliard dollardan ortiq daromadga chiqdi

    02.04.2024, 13:50

    “Qo‘ng‘iroqsoch Syu” filmi qahramonlari hozir qanday ko‘rinishga ega? (foto)

    01.04.2024, 11:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jeff Bezos kriptovalyuta evaziga sayyohlarni kosmosga uchiradi

    Dunyo | 12 avgust, 17:45

    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

    Reklama | 12 avgust, 16:30

    Kanadada 75 yoshli ayol ko‘ziga tish o‘rnatish orqali ko‘rish qobiliyati tiklandi

    Dunyo | 12 avgust, 17:35

    Yadroviy portlash yer yuzida qanday oqibatlarga olib keladi?

    Dunyo | 12 avgust, 17:25

    “Sud qarorini foydamizga chiqarmasang, bolalaringni o‘ldiramiz”— badavlat oilada ulg‘aygan va saratonni butunlay yenggan aktrisa Ra’no Shodiyeva 46 yoshda (foto, v...

    Shou-biznes | 12 avgust, 17:10

    AQSHda erkak otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor (video)

    Dunyo | 12 avgust, 17:00

    Alexandro Garnacho “Manchester Yunayted” rahbariyatiga shart qo‘ydi

    Sport | 12 avgust, 16:55

    Qirg‘izistonda pornografik material saqlagan va tarqatganlar jazolanadi

    Qirg‘iziston | 12 avgust, 16:45

    Multfilmlar o‘rniga zerikish: mutaxassis bolalar uchun bo‘sh vaqtning foydali tomonlarini tushuntirdi

    Farzand | 12 avgust, 16:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.