• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    To‘rt soatlik grim va kam gonorar to‘langan Jim Kerri: “Oskar”ga munosib ko‘rilmagan, ammo tomoshabinlarning sevimli filmiga aylangan “Niqob” filmi haqida

    2021-yilda komedik aktyor Jim Kerri ishtirokidagi “Niqob” filmining suratga olinganiga 27 yil bo‘ldi. Ajablanarlisi shundaki, ushbu kinokartina hali ham tomoshabinlarning eng sevimli filmlari qatoridan tushmagan. “Niqob” filmining suratga olish jarayonlari ancha qiyin kechdi va bundan ham quvonarlisi, suratga olish guruhi barcha qiyinchiliklarni boshdan kechirib tomoshabinlarga qiziqarli filmni taqdim etishga muvaffaq bo‘ldi. “Yandeks Dzen” nashri kinokartina haqidagi faktlarni taqdim etdi.

    Foto: “Yandeks Dzen” 

    O‘sha paytdagi vizual effektlardan foydalanilganiga qaramay, filmni ishlab chiqarish uchun kam miqdorda — 23 million dollar sarflandi. Bunday tejamkorlikning asosiy afzalliklaridan biri Jimm Kerriga tegishli, chunki uning ifodali yuzi tufayli kinokartina yaratuvchilari post-produksiyani yaxshilash uchun bir necha baravar kamroq sarflashlari kerak edi.

    “Niqob” filmidagi bosh rolda boshqa aktyorni tasavvur qilish umuman imkonsiz bo‘lsa-da, “New Line” Jim ushbu obrazni gavdalantirishidan oldin yana bir qancha aktyorlarni ko‘rib chiqqan. Ular orasida mashhurlikka erishgan yulduzlar ham, Gollivudning yetuk aktyorlari ham bor edi. Eng qizig‘i, Nikolas Keyj va Metyu Broderik ham bosh rolga da’vogarlik qilgan. Shubhasiz, studiya rahbarlari to‘g‘ri qaror qabul qilgan, ammo Keyjni bu rolda ko‘rish yanada qiziqroq bo‘lar edi.

    “Niqob” filmi original mahsulot emas, u komikslar serialining moslashuvi hisoblanadi. Asosiy farq — bu hikoyaning ohangida. Komikslarda boshqacharoq edi, niqob egasi o‘z qurbonlarini eng murakkab usullar bilan yo‘q qilardi. Filmda ham xuddi shunday voqealar aks etdi, biroq rejissor Chak Rassell fint yasashga va sodir bo‘layotgan voqealarni sof komediyaga aylantirishga qaror qildi. Natijada “Niqob”ning sujeti soddalashtirildi, Stenlining iti Maylo va yovuz Dorian Tirell kabi qahramonlar boshidan qayta yaratildi.

    Foto: “Yandeks Dzen” 

    Jim Kerrini kadrda ko‘rishi kerak bo‘lgan shaklga keltirish uchun grimyorlarga to‘rt soatli mashaqqatli mehnat kerak edi. Aktyorning o‘zini ham, grimyorlarning ham ahvolini tasavvur qilishingiz mumkin – birinchisi jim o‘tirish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilishi kerak edi, ikkinchisi – aktyor qimirlamasligi uchun hamma narsani qilishi kerak edi.

    Hech kimga sir emaski, filmlarning aksariyati vaqtni rejalashtirish, xarajatlarni kamaytirish uchun ketma-ketlikda suratga olinadi. “Niqob” filmiga kelsak, bankda bo‘ladigan barcha sahnalar bir kunda suratga olingan.

    “Niqob” Kameron Dias uchun katta kino olamiga o‘ziga xos tramplin bo‘ldi, lekin u juda qiyinchilik bilan mashhur rolni olishga muvaffaq bo‘ldi. “New Line” bosh rollardan birida tajribasi yo‘q aktrisani olishga unchalik shoshilmagan, sababi ushbu rolga mashhur aktrisalar nomzod qilib ko‘rsatilgan. Rejissor Chak Rassell Diasning tanloviga shunchalik ishonganki, agar unga bu rol berilmasa, o‘z lavozimini tark etish bilan tahdid qilgan.

    Foto: “Yandeks Dzen” 

    “Kubacha pit” musiqiy sahnasi filmdagi eng mashhur sahnalardan biri bo‘lib, unda bosh qahramon chiroyli, murakkab qo‘shiq, raqs kompozitsiyasini ijro etadi va yig‘ilgan huquq-tartibot idoralari xodimlari ojiz bo‘lib qolib, unga qo‘shilishadi. Biroq  prodyuserlarga bu sahna shunchalik yoqmagan, ular bu sahnani filmdan kesib tashlamoqchi bo‘lishdi, chunki ijodkorlar uni juda uzoq vaqtni oladigan va kulgili deb bilishdi.

    Agar ramziy sariq kostyum to‘g‘ridan to‘g‘ri komikslar sahifalaridan olingan deb o‘ylasangiz, adashasiz. Darhaqiqat, bu Jimning onasi u uchun birinchi marta stendapda chiqqanida tikilgan kostyumga asoslangan edi.

    Stenli buzilgan mashinasini garajga olib borib, ishga layoqatsiz mexaniklar bilan ishlashga majbur bo‘ladi. Agar garajning ichki qismida dejavyuni his qilsangiz, bu tasodif emas. Bu joy aslida “Sharpa ovchilari” filmidagi o‘t o‘chirish stansiyasi bo‘lib, u haqiqiy hayotda faoliyat yuritmaydi va hozirda asosiy turistik diqqatga sazovor joy hisoblanadi.

    Kerri va Dias raqs bilan bog‘liq sahnani o‘zlari ijro etishgan bo‘lsa-da, qo‘shiq aytish sahnasi biroz boshqacha kechdi. Jim “Ain’t I good to you?” taronasini o‘zi kuyladi, biroq Dias dublyorning yordamidan foydalanishga majbur bo‘ldi.

    Foto: “Yandeks Dzen” 

    “Niqob”ni “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan boshqa filmlar bilan solishtirib mumkin emas, biroq filmdagi vizual effektlarning betakrorligi borasida bahslashib bo‘lmaydi. Ular yuqori baholandi va “Niqob” filmi “Eng yaxshi vizual effektlar” nominatsiyasida “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘ldi. Biroq film haykalchaga ega bo‘la olmadi, chunki ushbu nominatsiyada mukofotni “Forrest Gamp” qo‘lga kiritdi.

    Shubhasiz, Kerri o‘z ijrosida multfilmlardan ham, klassik filmlardan ham ilhomlangan, biroq shaxsiy darajada u o‘z oilasidan ilhom olgan. Aktyor intervyularining birida Stenli qiyofasida otasidan foydalanganini, chunki ularning juda o‘xshashligini aytgan.

    Jim Kerri o‘z roli uchun o‘sha davr uchun kamtarona hisoblangan 450 000 dollar olgan. Baxtli tasodif tufayli ijodkorlar Kerri bilan shartnomani uning karyerasi tez sur’atlar bilan boshlanishidan oldin imzolashga muvaffaq bo‘ldi. Agar bu holat biroz kechroq sodir bo‘lsa, aktyor bemalol yarim million emas, besh, hatto yetti million dollar ham talab qilishi mumkin edi.

    Kassadagi muvaffaqiyatdan so‘ng, New Line filmning mantiqiy davomini suratga olish rejasini ishlab chiqdi va studiya Kerriga o‘ziga xos rolga qaytish uchun o‘n million dollar taklif qildi. Biroq  Kerri buni rad etdi, chunki o‘sha paytda uning loyihalari yetarli edi, ikkinchidan, uning  bu rolga qaytishi maqsadga muvofiqligiga ishonchi komil emas edi. Keyinchalik, “Niqob”ning o‘g‘li haqidagi film suratga olindi, biroq bu loyiha muvaffaqiyatsiz bo‘ldi.

    Foto: “Yandeks Dzen” 

    Film Tina niqobni suvga tashlashi va Stenlining iti Charli uning orqasidan sakrashi aks etgan voqea bilan tugaydi. Ssenariy dastlab Charlining niqobga kirishi va uni kiyishi bilan bog‘liq voqea bilan yakunlangan edi, bu esa loyihaning potensial davomiga dadil ishora qilish imkonini berdi. Xabar qilinishicha, bu sahna suratga olingan, biroq fokus-guruhga unchalik yoqmagani uchun ular shoshib qayta suratga olish jarayonlarini tashkil qilgan.

    29.08.2023, 13:50   Izoh (0)   9884
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    20 milliondan 100 mln dollargacha: Gollivud yulduzlarining faoliyati davomida olgan eng qimmat gonorarlari 

    28.08.2023, 14:40

    Prezidentlar hayoti haqida hikoya qiluvchi eng yaxshi filmlar  

    28.08.2023, 12:59

    Italiyada filmda suratga tushayotgan fil va jirafa syomka maydonchasidan qochib ketdi (video) 

    26.08.2023, 16:10

    Bu yil 50 yoshga to‘ladigan “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” filmi haqida siz bilmagan 20 ta fakt (foto)

    26.08.2023, 14:10

    Yarim milliard dollar: “Barbi” 2023-yilda eng yuqori daromad keltirgan filmga aylandi (foto)

    26.08.2023, 09:58

    Xohlamasangiz ham yig‘laysiz: jahon kinosining eng g‘amgin dramalari

    24.08.2023, 18:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.