Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashganligi aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, 27-mart kuni soat 16:00 larda Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li 3-berk ko‘chasida besh nafar fuqaro 1986-yilda tug‘ilgan E.A. va 1993-yilda tug‘ilgan X.A. bilan o‘zaro janjallashib ketganligi aniqlangan.
Janjal natijasida E.A. va X.A. tan jarohati olib, tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.
Izoh (0)