Ijtimoiy tarmoqlarda metan gaz quyish shoxobchasida navbat talashib katta janjal bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, holat 26-fevral kuni Yuqori Chirchiq tumani hududida joylashgan metan zapravkada sodir bo‘lgan.
Dastlabki maʼlumotga ko‘ra, vafot etgan fuqarolar yo‘q.
Holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan nazoratga olinib, hududiy IIB tomonidan Jinoyat kodeksi 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov-surushtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Natijasi bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilishi taʼminlanadi va jamoatchilikka axborot beriladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)