“Manchester Yunayted”ning braziliyalik yarim himoyachisi Kazemiro yozda Saudiya Arabistonidagi klublardan biriga o‘tishi mumkin, deb xabar bermoqda jurnalist Ekrem Konur X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter).
Yarim himoyachining xizmatlariga qaysi klub qiziqayotgani ma’lum qilinmagan.
Braziliyalik Kazemiro “San-Paulu” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013-yilda u “Real Madrid” futbolchisiga aylandi va 9 yildan so‘ng “Manchester Yunayted”ga o‘tdi. Joriy mavsumda 32 yoshli himoyachi barcha turnirlarda 21 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining mankunianliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Nufuzli Transfermarkt onlayn portali Kazemironing bozor qiymatini 30 millionga baholamoqda.
Izoh (0)