Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi.
Endigina jarohatdan qutulib, mashg‘ulotlarga qaytgan Tibo yana jarohat oldi. Madridliklar matbuot xizmatini ma’lum qilishicha, kiper operatsiya qilingan. Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tgan.
Kurtua yaqin 2 oy maydonga tusha olmasligi mumkin.
31 yoshli darvozabon so‘nggi bor 2023-yilning 17-iyunida terma jamao safida rasmiy o‘yinda maydonga tushgandi. “Real” safida esa yozgi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazgan va shundan so‘ng avgustda jarohat olgandi.
Izoh (0)