O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi 2020-yildan boshlab kubok finaliga mezbonlik qiladigan stadionlar nomiga shaffof qur’a orqali aniqlik kiritib keladi.

Shu tariqa Namangan (2020), Samarqand (2021), Buxoro (2022), Qarshi (2023) shaharlari mos ravishda finallarni qabul qildi.
2024-yilgi mavsumda Liga uch stadionga shunday imkoniyat taqdim etmoqda: “Istiqlol”, “Bobur arena” va “Olmaliq”. Mazkur stadionlar o‘tgan mavsumda Liga talabi bo‘yicha yoritish, sug‘orish, drenaj tizimlarini yaxshiladi, maydon maysasi o‘zgartirilgan.
O‘zbekiston Kubogining guruh bosqichiga 21-mart kuni qur’a tashlanishi ma’lum qilingandi. Jarayon vaqtida Kubok finaliga mezbonlik qiladigan stadion nomiga ham oydinlik kiritiladi.
Final 5-oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)