Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi finalida “Nasaf” va “OKMK” jamoalari 12-noyabr, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Qarshining “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tgan final bahsining birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa olmaliqliklar darvozasi tomon penalti belgilandi. 71-daqiqada Javohir Siddiqov ushbu penaltini aniq amalga oshirdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va qarshiliklar O‘zbekiston Kubogi g‘olibiga aylandi.
O‘zbekiston Kubogi
Final
12-noyabr, yakshanba
“Nasaf” – “OKMK” 1:0
Gol: 1:0 — 71 Siddiqov (penalti)
“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne’matov, 2. Alibek Davronov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 7. Akmal Mozgovoy, 8. Zafarmurod Abdirahmatov, 9. Javohir Siddiqov (70. Jambuli Jigauri, 80), 17. Suhrob Nurulloyev (99. Azizbek Amonov, 60), 19. Mateus Lima Kruz (Andres Chavez, 90+5), 34. Sherzod Nasrullayev, 77. Oybek Bozorov (Doniyor Narzullayev, 90+5), 88. Marko Stanoyevich (18. Bahrom Abdurahimov, 60).
“OKMK”: 1. Botirali Ergashev, 2. Akramjon Komilov, 3. Sardor Rahmonov, 4. Mirjamol Qosimov, 7. Dilshod Ahmadaliyev, 10. Xurshid G‘iyosov (19. Muhammadanas Hasanov, 80), 15. Oybek Rustamov, 17. Sanjar Tursunov (88. Siyavash Haqnazariy, 80), 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 27. Martin Boake, 29. Vitaliy Denisov.
Ogohlantirishlar: Suhrob Nurulloyev (54), Islom To‘xtaxo‘jayev (62), G‘olib G‘aybullayev (75), Sanjar Tursunov (77), Mateus Lima Kruz (90+4), Abduvohid Ne’matov (90+6).
Izoh (0)