Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-turida “Surxon” 16-mart, shanba kuni “Andijon”ga qarshi bahs olib bordi. Ushbu bahs “Paxtakor” markaziy stadionida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv “Andijon” klubining 2:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. “Andijon” safida Esanov penaltidan hisobni ochdi. Ikkinchi taymning 52-daqiqasida Azizbek Pirmuhammadov hisobni oshirdi. Mehmonlarning uchinchi goliga “Surxon” jamoasi Azizbek Pirmuhammadov “yordam” berib yubordi. Aynan uning oyog‘idan to‘p “Surxon” darvozasiga yo‘l oldi.
Uchrashuvning 84-daqiqasida “Surxon” jamoasi futbolchisi Muhammadali Abdurahmonov hisobni qisqartirishga erishdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarning 4-daqiqasida Sherbo‘tayev hisobni 2:3 ko‘rinishiga olib keldi. Ushbu hisob o‘yin so‘nggigacha saqlanib qoldi. Shu tariqa “Andijon” klubi o‘z ochkolari hisobini 7 ochkoga yetkazib oldi.
Superliga
3-tur
16-mart, shanba
“Surxon” — “Andijon” 2:3
Gollar: 0:1 — 36 Sherzod Esanov (penalti), 0:2 — 52 Farhodjon Sohibjonov, 0:3 — 72 Azizbek Pirmuhammadov (avtogol), 1:3 — Muhammadali Abdurahmonov, 2:3 — Xumoyun Sherbo‘tayev.
Izoh (0)