Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining 1/4 final o‘yinlariga 15-mart, juma kuni qur’a tashlandi.
Yevropa Ligasi 1/4 final juftliklari quyidagi ko‘rinishni oldi:
- “Milan” — “Roma”
- “Liverpul” — “Atalanta”
- “Bayer” — “Vest Hem”
- “Benfika” — “Marsel”
Yevropa Ligasining chorak final dastlabki o‘yinlari 11-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Javob bahslari esa 18-aprelga belgilangan.
“Benfika” — “Marsel” juftligida g‘olib bo‘lgan jamoa yarim finalda “Liverpul” — “Atalanta” juftligidagi g‘olib bilan bahs olib boradi. “Milan” — “Roma” juftligidagi g‘olib “Bayer” — “Vest Hem” g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.
Yarim finalning birinchi o‘yini 2-may, ikkinchi o‘yini esa 9-mayda bo‘lib o‘tadi.
Final bahsi 22-may kuni Dublinda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)