Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Bobur Primqulov Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Bobur Primqulov 2013-yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Uchko‘prik tumanidagi “Yakka mulla” qishloq vrachlik punktida umumiy amaliyot shifokori sifatida boshlagan. Turli yillarda Farg‘ona viloyat onkologiya dispanseri onkolog-shifokori, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyat filiali direktorining o‘rinbosari kabi lavozimlarda ishlagan.
Shuningdek, u Turkiyaning Acibadem va AQSHning Memorial Sloan Kettering Cancer Center kabi klinikalarda malaka oshirgan.
Tayinlovga qadar u Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyat filiali direktori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Fevral boshlarida To‘raqul Arziqulov Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan edi.
Izoh (0)