G‘azodagi jinoyatlar dunyo ozod xalqlari xotirasidan o‘chmaydi. Ommaviy qirg‘in va genotsidni qo‘llab-quvvatlaganlar, jinoyatlarni ko‘rib turib ko‘z yumganlar unutilmaydi. Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Nosir Kanoniy bu haqda maʼlum qildi, deya xabar bermoqda IRNA nashri.
“G‘azo shahridagi ar-Rashid ko‘chasida gumanitar yordam olish uchun navbatda turgan 100 dan ortiq Falastin fuqarosi sionistik rejimning vahshiyona hujumi tufayli shahid bo‘ldi, 800 dan ortiq kishi jarohatlandi”, — deb deya G‘azodagi so‘nggi hujumga baho bergan Eron vakili.
Matbuot kotibiga ko‘ra, harbiy jinoyatlarni ko‘rib turib, sukut saqlash eng sharmandali holatdir. Sukut saqlaganlar va hodisaga ko‘z yumganlar kechirilmasligi kerak.
“G‘azodagi yo‘qotishlar dunyoning ozod xalqlari xotirasidan o‘chmaydi. Amerika va Yevropadagi soxta inson huquqlari daʼvogarlarining peshonasidan ommaviy qotillik va genotsidni qo‘llab-quvvatlash tamg‘asi o‘chmaydi”, — deb fikrini yakunlagan Eron rasmiysi.
Izoh (0)