G‘azoda maxsus harbiy amaliyot o‘tayotgan Isroil mudofaa kuchlari 7-oktyabrdan beri oziq-ovqat karvonlarini kutayotgan 400 dan ortiq g‘azolikni otib o‘ldirgan. Bu haqda Al Jazeera nashri Falastin mahalliy nashrlari tarqatgan maʼlumotlarga asoslanib, xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, yordam kutayotganlarga nisbatan so‘nggi hujum 12-mart tongida sodir bo‘lgan. Isroil harbiylari G‘azo shahridagi Kuvayt chorrahasida yig‘ilib turgan olomonga ogohlantirmasdan o‘q uzgan. Oqibatda 11 nafar aholi vakili voqea joyida vafot etgan. 20 ga yaqin g‘azoliklar kasalxonalarga joylashtirilgan.
Yevropa kengashi Isroil hukumatini hozirda bir milliondan ortiq falastinliklar jamlangan Rafahda quruqlik operatsiyasi o‘tkazish rejasidan voz kechishga chaqirgan. Operatsiyaning davom etishi qurbonlarni mislsiz darajada ko‘paytirishi aytilgan.
G‘azoda hozirgacha vafot etgan mahalliy aholi soni 32 mingga yaqinlashdi. Shundan 10 mingga yaqini bolalardir. Hududga so‘nggi 7 kun davomida quruqlikdan birorta ham yordam karvoni kirmadi. Havodan yetkazilayotgan asosiy yordam esa Iordaniya, Qatar va AQSH yuklari hisoblanadi.
Izoh (0)