AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kurash davom etar ekan, bu borada tinchlikka erishish ko‘p jihatdan HAMASga bog‘liq ekanini maʼlum qildi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Prezident Bayden Hagerstoun aeroportida jurnalistlarga intervyu bergan. Intervyuning asosiy mazmuni isroilliklar bilan hamkorlik davom etishi va o‘t ochishni to‘xtatish zarur ekanligi borasida bo‘lgan.
Baydenga ko‘ra, AQSH HAMAS harakatlarini kuzatmoqda. Tinchlikka erishish uchun masʼuliyat na AQSH va na Isroil yelkasida, bu ko‘p jihatdan HAMASga bog‘liq.
AQSH prezidentining aytishicha, ramazon oyigacha kelishuv bo‘lmasa, Isroil, xususan, Quddusdagi vaziyat juda xavfli tus olishi mumkin.
Izoh (0)