AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller Qo‘shma Shtatlar Isroilni harbiy yordam bilan qo‘llab-quvvatlashda davom etishini maʼlum qildi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
“Biz 7-oktyabrdagi hujumlar takrorlanmasligi uchun Isroilning kampaniyasini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Biz Isroilga harbiy yordam ko‘rsatdik, chunki bu maqsadlarimizga mos keladi”, — degan Davlat departamenti matbuot kotibi Miller jurnalistlarga bergan intervyusida.
AQSH rasmiysiga ko‘ra, 7-oktyabr voqealarini rejalashtirgan HAMAS rahbariyati G‘azo ichida hali ham erkin harakatlanmoqda. HAMAS jangarilari Isroil ichidagi tinch aholiga tahdid qilishda davom etmoqda.
“Biz Isroilning xalqaro gumanitar huquqqa mos keladigan qonuniy harbiy kampaniyasini yoqlaymiz. Shuning uchun biz uni harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”, — deya qo‘shimcha qilgan departament vakili.
Izoh (0)