Falastin tashqi ishlar vaziri Riyod al-Malikiyning ma’lum qilishicha, u ramazon oyi boshlanishidan oldin HAMAS va Isroil o‘rtasida kelishuvga erishishga umid qilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
AQSH prezidenti Jo Bayden o‘tgan haftada uch marotaba ramazongacha G‘azoda vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishga umid bildirgan edi.
Bu aslida AQSH, Qatar, Misr va Isroil tomonidan amalga oshirilayotgan ish. Biz muvaffaqiyatga erishishga umid qilmoqdamiz. Chunki ramazon oyi boshlanishidan oldin kelishuvga erishish biz uchun juda muhim. Biz bu oyni qurbonlarsiz boshlashimiz mumkin. Agar muvaffaqiyatga erisha olmasak, biz harakat qilishda davom etishimiz lozim. Bu juda muhim, chunki falastinliklarning hayoti ahamiyatli. Biz har kuni Isroil begunoh tinch aholini, xususan, bolalar va ayollarni o‘ldirishda davom etishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz, — dedi siyosatchi.
Izoh (0)