Bugun, 3-mart tongida MLS chempionatida uchinchi tur bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda “Inter Mayami” jamoasi “Orlando Siti” jamoasini qabul qildi.
![](/static/2024/03/03/1e11-ctOIQgMV.jpg)
Ushbu uchrashuvda “Barselona”ning sobiq a’zolari Messi va Suares alohida ajralib turishdi. Uchrashuvning dastlabki ikki goliga Suares mualliflik qildi. 29-daqiqada Teylor hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
Ikkinchi taymning 57-daqiqasida o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan Messi 5 daqiqa o‘tib, yana raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
“Orlando Siti” jamoasi mezbonlar darvozasiga yo‘l topa olishmadi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Inter Mayami” jamoasi o‘z hisobidagi ochkolar sonini 7 taga yetkazib oldi va turnir jadvali peshqadami bo‘lib turibdi.
Izoh (0)