Futbol bo‘yicha Superliganing birinchi tur doirasidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” va “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 2-mart sanasida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalarini mezbonlar anchagina ishonchli boshladi. Ammo hisobni mehmonlarning legioner futbolchisi Nsungusi Effiong 17 metrlardan bergan zarbasi bilan ochdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob o‘zgarmadi.
Ikkinchi bo‘lim teng kurashlar ostida boshlandi. Uchrashuvning 62-daqiqasiga kelib “Neftchi” jamoasi hujumchisi Nsungusi Effiong yana bir gol urdi. Avvaliga o‘yindan tashqari holat qayd etilib, gol inobatga olinmadi. Ammo VAR tomonidan qayta ko‘rilgach, nigeriyalik hujumchining goli qoidaga amal qilib urilgan deb hisoblandi.
Ushbu goldan so‘ng “So‘g‘diyona” bor e’tiborini hujumga qaratdi, faqatgina uchrashuvning qo‘shib berilgan daqiqasida Doriyev hisobni tenglashtirishga erishdi. Bu hisob o‘yin so‘ngigacha saqlanib qoldi. Shunday qilib vodiy klubi vohadan 3 ochko bilan qaytdi.
Superliga
1-tur
“So‘g‘diyona” — “Neftchi” 1:2
Izoh (0)