O‘zbekiston poytaxti Toshkent nufuzli turnirga mezbonlik qilmoqda.
“Humo Arena” da o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqada hamyurtlarimiz birinchi kungi bahslardan so‘ng terma jamoa hisobiga 1ta oltin va 1ta kumush yig‘ib umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Musobaqaning ilk kunini 2 ta oltin va 1 ta bronza bilan yakunlagan Fransiya terma jamoasi birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ikki oltin medal ham fransuz qizlari tomonidan terma jamoaga taqdim etildi.
Nurali Emomali qo‘lga kiritgan oltin medal Tojikiston termasini jamoaviy hisobda uchinchi o‘rinni egallashini ta’minlagan.
Bugun, 2-mart kuni musobaqaning ikkinchi kunida o‘rta vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.
Dasturga ko‘ra, kun davomida erkaklar -73 va 81 kg, ayollar -63 va -70 kg vazn toifalarida g‘oliblik uchun tatamiga chiqadi.
Izoh (0)