• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yurtboshimiz e’tirofini eshitib, anjancha maza qildim” — Prezident mehmon bo‘lgan xonadon bekasi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 2024-yilning 16-fevral kuni Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida Xonobod shahrining “Yangi hayot” mahallasida ham bo‘ldi. Davlat rahbari mahalladagi xonadonlarda bo‘lib, aholining yashash sharoitini o‘rgangandi. Salohiddin Usmonov xonadonida mehmon bo‘lgan prezident uning 8 sotixli tomorqasidan unumli foydalanib, qo‘ziqorin yetishtirishini olqishladi. Hududlarda tajribani ommalashtirish kerakligini ta’kidladi. “Daryo” muxbiri prezidentni mehmon bo‘lgan qilgan xonadon vakillari bilan suhbatlashdi.

    Prezidentimizning xonadonimizga tashrifi biz uchun juda ham omadli bo‘ldi. Oilamizga baxt cheki tushdi deb g‘oyatda xursandmiz. U kishining xonadonimizga kirib, kunlik qilayotgan mehnatimizni e’tirof etgani, issiqxonagacha kirib hamsuhbat bo‘lganidan boshimiz osmonga yetdi. Hali ham hayajondamiz. Uchrashuvdan so‘ng yurtboshimiz turmush o‘rtog‘imga “Uka, shunchalik harakat qilibsizlar, nechta xonadonga nafingiz tegyapti ekan. Buning uchun kelinga ham, sizga ham rahmat”, degach, to‘g‘risi, ko‘zimga yosh keldi. Anjancha aytganda maza qildim, — deydi prezident mehmon bo‘lgan xonadon bekasi Ziyoda Usmonova.

    Ziyoda opa taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, qanday qilib qo‘ziqorin biznesiga aralashib qolgani haqida gapirib berdi. 

    Foto: “Daryo”

    Uzoq yillar Xonobod shahridagi tibbiyot birlashmasida hamshira bo‘lib ishlaganman. Biroq 2010-yildan keyin salomatligim to‘g‘ri kelmagach, ishlamay qo‘ydim. Shundan buyon uy bekasiman. Turmush o‘rtog‘im veterinar bo‘lgani uchun keng dalada chorvachilik bilan shug‘ullanganmiz. Keyinchalik shu mahallaga ko‘chib o‘tgach, hayvonlarni sotib, shularning evaziga ikki qavatli uy qurdik. Farzandlarni o‘qitdik. Doim ish bilan band bo‘lgan odam uyda bekor o‘tirolmas ekan. Hovlida turli gul ko‘chatlari, sabzavotlar yetishtiramiz, parrandalar boqamiz. Umuman olganda yerning har bir qarichidan unumli foydalanishga harakat qilamiz. 

    Katta farzandimni Xitoyda o‘qitganmiz. Shu o‘g‘lim pandemiyada uyga qaytib keldi. O‘zingizga ma’lum o‘shanda hamma uyda o‘tirib qoldi. Shunda o‘g‘lim qo‘ziqorin foydali narsa ekanligini, shuni yetishtirib ko‘rishni tavsiya qildi. Dadasiga aytganimizda dastlab unamasdan “Yig‘ishtir ishingni, undan ko‘ra molni, qo‘yni boq. Shundan foyda”, dedi. Shunaqa bo‘lsa-da, qiziqishimiz kuchlilik qilib bir harakat qilib ko‘raylik, deb ona-bola yashirincha ishni boshlab yuborgandik, — deydi suhbatdosh.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Xonadon bekasining ta’kidlashicha, dastlab qo‘ziqorin urug‘lari oilaviy iste’mol uchun yetishtirishga mo‘ljallangan. Biroq qo‘ni-qo‘shnilarning xaridor bo‘lgani ularni yanada ko‘proq hosil yetishtirishga undagan. 

    Dastlab Toshkentdan 10 kilo urug‘ keltirib, kichkinagina xonada yetishtirishni boshladik. Birinchi ko‘chatlarimiz shunaqa chiroyli ochilib, chiroyli hosil berdi ko‘zimizni quvontirdi. Qo‘ni-qo‘shni va qarindosh-urug‘lar ko‘rib, qiziqib nima bu deb ham so‘rashdi. Qo‘ziqorinligini aytib, foydali jihatlarini, organizmda xolesterin moddasi to‘planishining oldini olishini tushuntirgandik qiziqishdi. O‘zimiz ham, bizdan olib ketganlar ham qo‘ziqorindan salat, somsa va boshqa ovqatlarni qilib yedik. Hammaga yoqdi. Xaridorlar chiqa boshladi. Buni ko‘rib, sotsa bo‘lar ekan, yaxshigina biznes deb keyin yana yigirma kilogramm olib keldik. O‘zimizning iste’molimiz uchun yetishtirgan hosilimizdan kutilmagandek pul kela boshladi. Buni ko‘rib turmush o‘rtog‘imning o‘zi ham qiziqib qoldi. Yetishtirishda o‘zi ham qatnashadigan, suvi va xona haroratiga qaraydigan bo‘ldi.

    Hozir u kishi asosan ishda bo‘lgani uchun dam olish kunlari yoki bekor bo‘lib qolganida o‘zi sheluxalarni olib kelib, urug‘larini ekib, qarashib turadi. Qiziqish bilan boshlangan ishga Alloh baraka berib, qo‘ziqorin yetishtirishga o‘tib ketdik.

    Qo‘ziqorinlarni dastlab xonalarda yetishtirgan bo‘lsak, hozir asosan ushbu issiqxonada parvarishlanadi. Ayni paytda bu yerda uch yuzta qopimiz bor. Bulardan har uch kunda yigirma kilogacha hosil uzib yetishtiramiz. Ularni shahardagi va viloyatdagi kafe, restoran va do‘konlarga beramiz. Bundan bir oyda o‘rtacha 10 milliongacha daromad olyapmiz desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Misol uchun, bitta qopimiz barcha xarajati bilan 25 ming so‘mga tayyor bo‘ladi. Me’yorda yetishtirilsa, bitta qopdagi urug‘ uch oy davomida minimum 5 kilogacha hosil berishi mumkin. Ya’ni 25 ming so‘m sarflab, eng kami 125 ming foyda olish mumkin, — deydi xonadon bekasi.

    Foto: “Daryo”

    Xonadon egalarining aytishicha, hozirda qo‘ziqorin yetishtirish bilan mahallada yigirmaga yaqin, atrofdagi tumanlarda esa ellikka yaqin oila shug‘ullanadi. Ular shu biznesga bosh qo‘shganlarga maslahatlar berib keladi. 

    Bekorchilikni xush ko‘rmayman. Shu sababli qo‘shni ayollar ko‘chada bekor qolganini ko‘rsam, ularni nimadir qilishga chaqiraman. Besh-olti oy avval mahalladagi ishsiz, bekor o‘tirgan ayollarga shu ish bilan shug‘ullanishni taklif qildim. O‘ylanishdi. Shunda “Kelinglar bir qilib ko‘ringlar, ishi, mehnati og‘ir emas, yaxshi e’tibor berib, suv sepib tursangiz bo‘ldi”, dedim. Dastlab ikkita qo‘shnim boshladi. Hozir ularning qo‘ziqorinlari hosil berishni boshlagan. Keyinchalik yana o‘n ikkita xonadon xayrixohlik bildirgan.

    Bundan tashqari, atrofdagi boshqa Andijon, Paxtaobod, Ulug‘nor va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida yashovchi yana 70 ta xonadonga ham urug‘ tarqatganmiz. Ular bilan doim aloqadamiz, tushunmaganlarini o‘rgatib, maslahat berib turibmiz. Kerak bo‘lsa hosilini bizga bersa, o‘zimiz xaridorlarga yetkazib beryapmiz. Kelgusida issiqxonani yanada kattalashtirib, ishchi yollab ishlatish rejamizda bor. Maqsadimiz — nafaqat viloyatimiz, balki qo‘shni davlatlarga ham eksport qilish. Chunki, Qirg‘iziston va Tojikistondan talablar tusha boshlagan. Ish ko‘lamini kengaytirgach, urug‘ga bo‘lgan talab ham ortadi. Shu sababli xo‘jaynim o‘zi qanday qilib qo‘ziqorin urug‘ini olish, tayyorlash bo‘yicha o‘rganishlar olib boryapti. Bundan tashqari iste’mol talabi yuqori bo‘lgan boshqa yangi navlarni ham yetishtirishni yo‘lga qo‘yish istagimiz bor, — deydi suhbatdosh. 

    Oila boshlig‘i Salohiddin Usmonovning aytishicha, davlat rahbarining xonadoniga tashrifi va bergan maslahatlari sabab barcha oila-a’zolarini haligacha hayajon tark etmagan. 

    Foto: “Daryo”
    To‘g‘risini aytish kerak, tashrifdan beri meni hayajon tark etgani yo‘q. Xursandchiligim cheksiz. Yurtboshimizning eng chekka hududda yashovchi biz kabi fuqarolar xonadoniga tashrif buyurganidan nafaqat men, balki butun oilamiz juda xursand. Bizga katta umid, ertangi kunga ishonch berildi. U kishidan o‘zimga kuch oldim.
    Prezidentimiz xonadonimizga tashrif buyurish chog‘ida uyimizga nur kirib kelgandek bo‘ldi. Suhbat davomida faoliyatimizni yanada rivojlantirish, kerak bo‘lsa buni klaster darajasiga olib chiqish bo‘yicha topshiriq berildi. Shundan kelib chiqib, yaqin orada Xitoyga borib kelib, yana yetti-sakkizta yangi navni yetishtirishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqdamiz. Bundan tashqari, uyda turib ko‘proq daromad olish bo‘yicha yangi g‘oyalar ustida ishlamoqchimiz. Davlatimiz rahbari bizga shunday bir shijoat berdiki, endi to‘xtab qolmasdan faqat oldinga intilamiz, — deydi Salohiddin aka.
    01.03.2024, 23:35   Izoh (0)   11504
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada mahallalardan biridagi xonadonda bo‘lib, aholi bilan suhbatlashdi (video, foto)

    27.07.2023, 23:28

    Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahrida fuqaro xonadonida mehmon bo‘ldi (video)

    24.10.2023, 21:05

    Shavkat Mirziyoyev Xonobodda qo‘ziqorin yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi oila xonadonida mehmon bo‘ldi

    16.02.2024, 14:09

    “Daryo” dayjesti: 1-martning eng muhim xabarlari

    01.03.2024, 22:15

    Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi

    01.03.2024, 21:55

    Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temir yo‘l liniyasini qurish uchun qo‘shma korxona tashkil etiladi

    01.03.2024, 21:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.