O‘zbekistondagi 18-40 yoshli payvandchi va elektriklar Germaniyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/02/29/Germaniya Daryo-pTxlyrz0.jpg)
Ma’lum qilinishicha, oylik maosh 1800 yevrodan boshlanadi. Germaniyaga aviachipta va transfer xarajatlari ish beruvchi hisobidan qoplanadi.
Nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
- nemis tili bo‘yicha Gyote, ECL, ÖsD yoki Telc dan B1 sertifikat;
- elektrik yoki payvandchi sohalarida kollej, texnikum yoki bakalavr diplomi;
- sohada kamida 1 yillik tajriba.
Ishlash istagida bo‘lganlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Izoh (0)