Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida tiktoker yigit qamaldi. Bu haqda viloyat sudlari axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, fuqaro Sardor Safarboyev (1998-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz, TikTok va YouTube da Sardor gangster taxallusi bilan chiqishlar qilib kelgan, muqaddam maʼmuriy javobgarlikka tortilgan) jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tuman sudining 2024-yil 21-fevraldagi qarori bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 184-3-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish)da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topildi.
Unga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan. 2024-yil 23-fevral kuni Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati tomonidan S.Safarboyevning shikoyati apellyasiya tartibida ko‘rib chiqilib, birinchi instansiya sudining qarori o‘zgarishsiz, apellyatsiya shikoyati esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.
Izoh (0)