Way ll kompaniyasi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, shuningdek, ularning intellektual salohiyatlarini yanada kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “ONA” jamg‘armasi jamoasi bilan hamkorlikda Piskent shahridagi 1-umumtaʼlim maktabiga interaktiv doskalarni topshirdi.
Zamonaviy bilimlarni egallashda elektron vositalar, kompyuterlarning ahamiyati katta. Ayniqsa, bugungi zamon o‘quvchilariga interaktiv elektron doskalardan foydalanish orqali mavzularni tushuntirish taʼlim sifatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatmoqda. Ushbu kun hududdagi taʼlim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim bosqichga aylandi. Maktab o‘qituvchilari bilan uchrashuvda jamg‘armaning g‘oyalari va maqsadlari haqida so‘z yuritildi shuningdek, har bir amalga oshirilayotgan loyiha barcha bolalar uchun yorug‘ kelajakka qadam ekanligini taʼkidlandi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar jamoa aʼzolarini maktab va sinf xonalari bilan tanishtirdi. Shu bilan birga jamoa taʼlim olishni yanada qiziqarli va qulay qiladigan yangi tashabbuslar uchun g‘oyalarni ishlab chiqdi.
Way ll kompaniyasi har doim yoshlarning tashabbus va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Ushbu doskalar o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun yangi bilimlar, kashfiyotlar va imkoniyatlar ramzi bo‘lsin!
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)