Afg‘onistonda qishda nafas yo‘llari kasalliklari oqibatida yuzlab odam vafot etdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xabar berdi.
Tashkilotga ko‘ra, yana minglab odamlar kasalxonaga yotqizilgan. Sovuq mavsum nafas yo‘llari kasalliklariga chalinishlar sonining oshishiga sabab bo‘lgan. Jumladan, 1-yanvardan boshlab Afg‘onistonning 34 viloyatida 286 mingdan ortiq kishi nafas yo‘llari kasalliklariga chalingan, jami 668 kishi vafot etgan.
Bemorlarning 63 foizdan ortig‘i besh yoshgacha bo‘lgan bolalar. Xalqaro yordam tashkilotlari iqtisodiy muammolar tufayli 2024-yil qishi Afg‘oniston aholisi uchun qiyin kechishini prognoz qilgandi.
Izoh (0)