Olmaliqning “OKMK” jamoasi yaponiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi.
“OKMK”ning Turkiyadagi yig‘ini davomida 25 yoshli Arihiro Sentoku ko‘rikdan o‘tdi va jamoa bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.
Sentoku 1998-yilning 12-dekabrida Yaponiyaning Fukuoka shahrida tavallud topgan.
Sentoku faoliyati davomida “Kom”, “Podgoritsa”, “Iskra”, “Rudar” va “Vozdovats” jamoalarida to‘p surgan. Arihiro butun faoliyatida 176 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Izoh (0)