Buyuk Britaniya Ukrainaga yana 200 ta Brimstone raketalarini yetkazib bermoqchi. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa boshqaruvi rahbari Grant Shapps Britaniya parlamenti jamoatlar palatasida qilgan chiqishida ma’lum qildi.
“Bugun men 200 ta Brimstone tankka qarshi raketalarini o‘z ichiga olgan yangi yordam paketini e’lon qilishni rejalashtirmoqdaman”, — dedi Shapps.
Shuningdek, Shapps yaqin orada Kiyevga dronlar, elektron uskunalar, minalarga qarshi vositalar yetkazib berilishini qo‘shimcha qildi.
Bundan tashqari, Buyuk Britaniya NATO bo‘yicha ittifoqchilari bilan birgalikda Ukraina qurolli kuchlarining 10 ming askarini tayyorlashda ham ishtirok etadi.
Izoh (0)